# Savdolar

<details>

<summary>Savdo moduli</summary>

Savdo moduli orqali tizimda yaratilgan barcha savdolarni ko‘rish va boshqarish mumkin. Modulga kirish uchun chap menyudan **Savdo** bo‘limi tanlanadi va **Sotuvlar** sahifasi ochiladi.

Ushbu sahifada tizimda yaratilgan barcha savdolar ro‘yxati jadval ko‘rinishida aks etadi. Jadvalda har bir savdo bo‘yicha asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2Fj8Ewz8ItxeJCTa5kxOZv%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=ec1a4094-5a2c-48ac-9f6d-5b692ef54dd6" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2Fbr1moOOTdjdw6DGV41J0%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=ecd5d946-53fa-414d-af64-b8c0d750be49" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Jadvalda ko‘rinadigan ustunlar foydalanuvchi tomonidan sozlanishi mumkin. Foydalanuvchi o‘ziga kerakli ma’lumotlarga qarab jadval ustunlarini tanlab yoki o‘zgartirib olishi mumkin.

Odatda jadvalda quyidagi ustunlar ko‘rsatiladi:

* Sana
* Mijoz
* Mijoz telefon raqami
* Holati
* Jami miqdor
* Jami narx
* To‘lanishi kerak bo‘lgan summa

Har bir qator alohida savdo hujjatini bildiradi. Foydalanuvchi savdo qatoriga bosish orqali savdo hujjatini ochishi mumkin.

Savdo hujjati ochilganda quyidagi ma’lumotlar ko‘rinadi:

* Savdo raqami
* Tashkilot
* Ombor
* Mas’ul shaxs
* Mijoz
* Savdo sanasi
* To‘lov ma’lumotlari
* Chegirmalar
* Yakuniy summa

Shuningdek, savdo hujjatining pastki qismida ushbu savdoda sotilgan mahsulotlar ro‘yxati jadval ko‘rinishida ko‘rsatiladi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FE94vIWvRwoYfkandBRlo%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=d37d9fba-cdd6-4472-8c84-70b74cda5170" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Savdo hujjati ochilganda ushbu savdoga oid barcha asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bu yerda savdo qachon va kim tomonidan yaratilgani, qaysi mijozga sotuv qilingani hamda savdo summasi haqida batafsil ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.

Savdo hujjati oynasida foydalanuvchi quyidagi amallarni bajarishi mumkin:

* Savdodan **qaytarish yaratish**
* Savdo hujjatini **nusxalash**
* Savdoni **bekor qilish**
* Savdoni **PDF yoki Excel formatida yuklab olish**
* **Etiketka chiqarish**
* Savdo chekini chiqarish

Savdo hujjatida odatda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

* Savdo raqami
* Tashkilot
* Ombor
* Mas’ul shaxs
* Mijoz
* Savdo sanasi
* To‘lov ma’lumotlari
* Chegirmalar
* Yakuniy summa

Savdo hujjatining pastki qismida esa ushbu savdoda sotilgan mahsulotlar ro‘yxati jadval ko‘rinishida ko‘rsatiladi. Jadvalda har bir mahsulotning nomi, o‘lchov birligi, ombori, miqdori, narxi, chegirmasi va jami narxi aks etadi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FUWa6lt9oAwxlKSbH0iNO%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=9d965c13-db1f-4c8c-9a84-241022d9d458" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

</details>

<details>

<summary>Savdo yaratish</summary>

Tizimda yangi savdo hujjatini yaratish **Yaratish** tugmasi orqali amalga oshiriladi. Savdo yaratish mumkin.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2F1KusmAf692KNdBG2mUhr%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=4c688114-b83e-4cd8-9d72-959e10a427ce" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Savdo ma’lumotlari bir nechta bosqich orqali kiritiladi:

* Asosiy ma’lumot
* Mahsulotlar
* Qo‘shimcha xarajatlar
* To‘lov

Har bir bosqich savdo hujjatining alohida qismini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.<br>

#### **Asosiy ma’lumotlar**

Bu bo‘limda savdoning umumiy ma’lumotlari kiritiladi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2F5nEve5E6dKSOrjd3OgWi%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=27b976c9-5463-416f-b3b8-90b8a8ba24f3" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Buyurtma -** Savdo oldindan yaratilgan buyurtma asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shu buyurtma tanlanadi.

**Shartnoma-** Mijoz bilan tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lsa, shu shartnoma tanlanadi.

**Mijoz -** Mahsulot sotilayotgan mijoz tanlanadi, agar mijoz tizimda mavjud bo'lmasa "qo'shish" tugmasi orqali qo'shiladi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FnqI7KLV3NMlmDr8dD5o2%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=6e316812-6a7a-4c94-89d8-926624810edf" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Holati -** Savdo jarayonining qaysi bosqichda ekanligini bildiradi. Tizimda savdo uchun 3 xil holat mavjud:

* **Yangi -** Savdo hali yakunlanmagan holatni bildiradi. Bu bosqichda savdo hujjati yaratilgan bo‘ladi, lekin savdo amalga oshirilgan deb hisoblanmaydi. Ombordagi mahsulotlar kamaymaydi, ammo ushbu savdo uchun **band qilingan** hisoblanadi. To‘lov ham qabul qilingan deb hisoblanmaydi.
* **Jarayonda -** Savdo hali yakunlanmagan, ammo bajarilish jarayonida ekanligini bildiradi. Bu holatda ham mahsulotlar ombordan chiqmaydi, faqat savdo uchun **band qilingan** bo‘ladi. To‘lov yakunlanmaguncha savdo to‘liq bajarilgan deb hisoblanmaydi.
* **Yakunlangan -** Savdo to‘liq amalga oshirilgan holatni bildiradi. Bu bosqichda mahsulotlar ombordan **chiqariladi**, to‘lov **qabul qilingan** deb hisoblanadi va ushbu savdo tizimdagi **hisobotlarda ham hisobga olinadi**.

**Sana -** Savdo amalga oshirilgan sana va vaqt.

**Yetkazish sanasi -** Mahsulot mijozga yetkazib berilishi rejalashtirilgan sana.

**Yetkazib berish manzili -** Mahsulot yetkaziladigan manzil.

**Mas’ul shaxs -** Ushbu savdo uchun mas’ul bo‘lgan xodim.

**Vositachi -** Savdo vositachi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, shu vositachi ko‘rsatiladi.

**Pul birligi -** Savdo qaysi valyutada amalga oshirilishini bildiradi.

**Fayl yuklash -** Savdo bilan bog‘liq qo‘shimcha hujjatlar yoki fayllarni biriktirish imkoniyati.

**Izoh -** Savdo bo‘yicha qo‘shimcha izoh yoki eslatma kiritish mumkin.

#### Mahsulotlarni kiritish

Savdo hujjatiga sotilayotgan mahsulotlar **Mahsulotlar** bosqichida kiritiladi. Bu yerda savdoga qo‘shiladigan mahsulotlar, ularning miqdori va narxlari belgilanadi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FsSA4R5cWio93PLH6cVSX%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=ae94a7e8-dd43-47d1-b7f4-eecfa1191c3e" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Bo‘limning yuqori qismida quyidagi sozlamalar mavjud:

**Narx -** Mahsulot narxi qaysi narx turi bo‘yicha olinishi tanlanadi (masalan: do‘kondagi narx).&#x20;

**Ombor -** Mahsulot qaysi ombordan sotilayotganini bildiradi. Tanlangan omborga qarab mahsulotning mavjud miqdori ko‘rsatiladi.

**Mahsulot qo‘shish**

Mahsulotlarni savdoga bir nechta usulda qo‘shish mumkin.

**1. Qidiruv orqali qo‘shish**\
Mahsulot qidirish maydoniga mahsulot nomi yoziladi va ro‘yxatdan kerakli mahsulot tanlanadi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FjekuOPDRJejpmCTTDT6x%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=7ff92577-b55f-4fb3-837c-f037d598ebb9" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FfrrU9Ht61Cjfz8JGvv6i%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=fe4338da-2b63-4795-8e33-327dd5f479d5" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Qidiruv maydoni yonidagi **filter belgisi** orqali qo‘shimcha filterlar ochiladi. Bu filterlar mahsulotlarni aniqroq saralashga yordam beradi.

Filter oynasida quyidagi sozlamalar mavjud:

**Tugagan mahsulotni yashirish**\
Bu sozlama omborda mavjud bo‘lmagan mahsulotlarni ro‘yxatdan yashirish yoki ko‘rsatishni boshqaradi.

* **Ha** — omborda miqdori tugagan mahsulotlar ro‘yxatda ko‘rsatilmaydi.
* **Yo‘q** — barcha mahsulotlar, jumladan tugagan mahsulotlar ham ko‘rsatiladi.

**Kategoriya**\
Mahsulotlarni ma’lum bir kategoriya bo‘yicha filtrlash imkonini beradi. Bu orqali foydalanuvchi faqat kerakli kategoriya ichidagi mahsulotlarni ko‘rishi mumkin.

**2. Tezkor tanlash orqali qo‘shish**\
**Tezkor tanlash** tugmasi bosilganda mahsulotlarni tanlash oynasi ochiladi. Bu oynada mahsulotlar ro‘yxati kategoriya bo‘yicha ko‘rsatiladi.

Ushbu oynada quyidagi imkoniyatlar mavjud:

* mahsulotlarni qidirish
* mahsulotlarni kategoriya bo‘yicha ko‘rish
* bir nechta mahsulotni bir vaqtning o‘zida tanlash

Mahsulot tanlangandan so‘ng **Saqlash** tugmasi bosiladi va tanlangan mahsulotlar savdo hujjatiga qo‘shiladi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FmhDn5Hl28s0TvAwTR3qh%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=2792fc70-4e3d-4bea-93d6-849d9e1ec4a1" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FUDsYLc98PwGMghZjOWkN%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=96a8f69b-42d4-4e95-bbe0-d427d9ce8ef2" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Savdoga qo‘shilgan har bir mahsulot uchun uning **miqdori va narxi** kiritilishi majburiy hisoblanadi. Agar ushbu maydonlar to‘ldirilmasa, savdo hujjatini yakunlash mumkin bo‘lmaydi.

**Nomi -** Savdoga qo‘shilgan mahsulot nomi.

**O‘lchov birligi -** Mahsulotning o‘lchov birligi (masalan: dona, kg, litr).

**Ombor -** Mahsulot qaysi ombordan sotilayotganini bildiradi. Bu yerda omborni tanlash mumkin.

**Mavjud miqdor -** Tanlangan omborda mavjud bo‘lgan mahsulot miqdorini ko‘rsatadi.

**Miqdor -** Savdoga qo‘shilayotgan mahsulot miqdori. Bu maydonni to‘ldirish majburiy.

**Quti miqdori -** Mahsulot quti orqali sotilsa, quti sonini kiritish mumkin.

**Yaroqlilik muddati -** Mahsulotning yaroqlilik muddati ko‘rsatiladi (agar mavjud bo‘lsa).

**Narx turi -** Mahsulot narxi qaysi narx turi bo‘yicha olinishi tanlanadi (masalan: do‘kondagi narx).

**Narxi -** Mahsulotning bir dona narxi. Bu maydon ham majburiy hisoblanadi.

**Jami narxi -** Kiritilgan miqdor va narx asosida tizim tomonidan avtomatik hisoblanadi.

**Chegirma -** Mahsulotga berilgan chegirma miqdori.

**Jami chegirma -** Chegirma hisobga olingan umumiy summa.

**Kiritilgan soliq -** Narx ichida hisoblangan soliq miqdori.

**Qo‘shilgan soliq -** Mahsulot narxiga qo‘shilgan soliq miqdori.

**Jami -** Mahsulot bo‘yicha yakuniy hisoblangan summa.

**Eslatma -** Mahsulot bo‘yicha qo‘shimcha izoh kiritish uchun maydon.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FFNPhXlHYWxnIuMjgsrPo%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=bfb3b4ed-4e06-4faf-8c87-21403bcd6b9f" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

#### Qo‘shimcha xarajatlar

Savdo jarayonida mahsulot narxidan tashqari qo‘shimcha xarajatlar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, **qadoqlash, xizmat haqi yoki boshqa xarajatlar**. Ushbu xarajatlar savdo hujjatiga **“Qo‘shimcha xarajatlar”** orqali kiritiladi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2F2X8YtEbJ3EHptQdy0N65%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=8ecf1678-cb47-43cc-833f-34a4be8f5f15" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Foydalanuvchi ushbu bo‘limda oldindan yaratilgan qo‘shimcha xarajat turini tanlab, savdoga qo‘shishi mumkin. Qo‘shimcha xarajat qo‘shilganda u savdo summasiga ta’sir qiladi va yakuniy narx hisoblanishida ishtirok etadi.

Jadvalda quyidagi ustunlar mavjud:

**Nom -** Qo‘shimcha xarajat nomi (masalan: qadoqlash, yetkazib berish va boshqalar).

**Valyuta -** Xarajat qaysi valyutada kiritilishini bildiradi.

**Narxga ta’sir qilishi -** Ushbu xarajat mahsulot narxiga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi.

**Taqsimlash usuli -** Qo‘shimcha xarajat mahsulotlarga qanday taqsimlanishini bildiradi (masalan: mahsulotlar bo‘yicha taqsimlash).

**Tavsiya etilgan narx -** Tizim tomonidan tavsiya etilgan qo‘shimcha xarajat qiymati.

**Maksimal narx -** Kiritilishi mumkin bo‘lgan maksimal qo‘shimcha xarajat miqdori.

**Narx -** Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan qo‘shimcha xarajat summasi.

Qo‘shimcha xarajatlar kiritilgandan so‘ng ular savdoning **yakuniy summasiga qo‘shiladi** va umumiy hisob-kitobda aks etadi.

#### To'lov

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FVzlupMbXUy2dORge5e7v%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=04c34e70-e045-437d-80bb-6d3c81d37666" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Savdo hujjatining **To‘lov** qismida mijoz tomonidan amalga oshirilgan to‘lov ma’lumotlari kiritiladi. Bu yerda mijoz savdo uchun **qaysi usul orqali to‘lov qilgani** va **qancha miqdorda to‘lov amalga oshirilgani** ko‘rsatiladi.

Bo‘limning yuqori qismida savdo bo‘yicha umumiy hisob-kitob ma’lumotlari ko‘rinadi:

**Savdo** – savdo bo‘yicha umumiy summa.\
**Kiritilgan soliq** – narx ichiga kiritilgan soliq miqdori.\
**Qo‘shilgan soliq** – mahsulot narxiga qo‘shilgan soliq miqdori.\
**Chegirma** – savdo uchun berilgan umumiy chegirma.\
**To‘landi** – mijoz tomonidan to‘langan summa.\
**Jami qo‘shimcha narx** – qo‘shimcha xarajatlar yig‘indisi.\
**Qolgan** – hali to‘lanmagan summa.

Quyi qismda esa to‘lovlar jadvali joylashgan bo‘lib, unda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

**To‘lov usuli**\
Mijoz qaysi usul orqali to‘lov qilgani tanlanadi. Masalan:

* Naqd
* Karta
* Terminal
* Pul o‘tkazish
* Qarz
* Click
* Sozlamalarda boshqa kiritilgan tolovlar

**Miqdor**\
Ushbu to‘lov usuli orqali to‘langan summa kiritiladi.

**Pul birligi**\
To‘lov qaysi valyutada amalga oshirilgani tanlanadi (masalan: so‘m).

**Ayirboshlangan miqdor**\
Agar to‘lov boshqa valyutada amalga oshirilgan bo‘lsa, tizim tomonidan ayirboshlangan summa shu yerda ko‘rsatiladi.

Agar savdo uchun bir nechta to‘lov usuli ishlatilsa, **“+” tugmasi orqali qo‘shimcha to‘lov qatori qo‘shish** mumkin. To‘lov ma’lumotlari kiritilgandan so‘ng savdo hujjati **saqlanadi** va savdo jarayoni yakunlanadi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FPws4JuuK3dlyZtf3cw2X%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=1c4de459-d180-45cf-8fe1-3626c3c01ec7" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**1. Chekni ko‘rish (birinchi tugma)**\
Ushbu tugma bosilganda savdo bo‘yicha **chek ko‘rinishi** ochiladi. Bu oynada sotilgan mahsulotlar, ularning miqdori, umumiy summa, to‘lov usuli va qaytim kabi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Chekni ushbu oynadan **printer orqali chop etish** mumkin.

**2. Valyuta kursini o‘zgartirish (ikkinchi tugma)**\
Agar savdo boshqa valyutada amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ushbu tugma orqali **valyuta kursini qo‘lda kiritish yoki o‘zgartirish** mumkin.\
Masalan, tizimda dollar kursi **12 000 so‘m** bo‘lishi mumkin, lekin aynan shu mijoz uchun savdo **12 500 so‘m kursi** bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Shu holatda ushbu tugma orqali savdo uchun alohida kurs kiritiladi.

**3. Online to‘lovlarni biriktirish (uchinchi tugma)**\
Agar savdo uchun **online to‘lov tizimlari orqali to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa**, ushbu tugma orqali tegishli to‘lov oynasi ochiladi. Bu yerda mavjud online to‘lovni tanlab, uni shu savdo hujjatiga **biriktirish** mumkin.

**4. To‘lov havolasi yaratish (to‘rtinchi tugma)**\
Agar tizim boshqa **online to‘lov xizmatlari bilan integratsiya qilingan bo‘lsa**, ushbu tugma orqali mijozga yuborish uchun **to‘lov havolasi (payment link)** yaratiladi. Mijoz ushbu havola orqali savdo uchun to‘lovni online tarzda amalga oshirishi mumkin.

</details>

<details>

<summary>Plan qo'yish </summary>

Savdo plan sozlash — bu xodimlar uchun ma’lum davr (oy) bo‘yicha savdo maqsadlarini belgilash funksiyasi. Ushbu bo‘lim orqali har bir xodimga alohida reja (plan) qo‘yiladi va keyinchalik ularning bajarilishi tizimda nazorat qilinadi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FPAXdiBIQqFNxb8JoUqWA%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=b4925d83-2fb7-45bf-8e98-1b0e5a01c3e4" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

* Yuqori qismdan **tashkilot** va **oy** tanlanadi
* **“PLANNI SOZLASH”** tugmasi bosiladi
* Jadval aktiv holatga o‘tadi (tahrirlash ochiladi)
* Har bir xodim qatorida kerakli maydonlarga qiymatlar kiritiladi:
  * summa
  * tovarlar soni
  * mijozlar soni
  * savdo soni
* Kiritilgan ma’lumotlar **“SAQLASH”** tugmasi orqali saqlanadi

Har bir xodim uchun quyidagi maydonlar to‘ldiriladi:

* **Summa** – xodim bajarishi kerak bo‘lgan umumiy savdo hajmi
* **Tovarlar soni** – sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar miqdori
* **Mijozlar soni** – xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar soni
* **Savdo soni** – amalga oshirilishi kerak bo‘lgan savdo operatsiyalari

Savdo plan sozlash funksiyasi orqali kompaniya aniq maqsad qo‘yadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va savdo natijalarini tizimli ravishda oshirish imkoniga ega bo‘ladi.

</details>

<details>

<summary>Savdo dashboard</summary>

Savdo dashboardi savdo faoliyati bo‘yicha **asosiy ko‘rsatkichlar va tahliliy ma’lumotlarni** bir sahifada ko‘rsatadi. Ushbu sahifa orqali foydalanuvchi savdolar holatini tezkor kuzatishi va asosiy statistikalarni tahlil qilishi mumkin. Ma’lumotlar odatda **tanlangan sana oralig‘i bo‘yicha** shakllantiriladi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2Fb8IPgW2DWby0mLnji1LK%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=11d8f642-c99f-4596-bcd3-413e5a5fd7e8" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FAEosOU6BYw8BktWjiEB1%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=16d0b932-784c-4a81-97fa-5d501adf06a1" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Asosiy ko‘rsatkichlar**

Dashboardning yuqori qismida savdo bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar kartalar ko‘rinishida aks etadi:

* **Savdo summasi** – tanlangan davr ichida amalga oshirilgan umumiy savdo summasi.
* **Yalpi daromad** – savdodan olingan umumiy daromad.
* **Cheklar soni** – amalga oshirilgan savdo operatsiyalari soni.
* **Mahsulotlar soni** – sotilgan mahsulotlar umumiy miqdori.
* **Chegirma summasi** – berilgan chegirmalar umumiy summasi.
* **O‘rtacha chek narxi** – bitta savdoga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha summa.
* **Marja** – savdo foyda ko‘rsatkichi foizda.
* **Ustama** – mahsulotlarga qo‘yilgan ustama foizi.
* **Chekdagi o‘rtacha mahsulot soni** – bitta chekda o‘rtacha nechta mahsulot sotilganini ko‘rsatadi.

Kartalarda ko‘rsatilgan foizlar joriy davr ko‘rsatkichlarini **o‘tgan davr bilan taqqoslash** orqali hisoblanadi.

**Savdo dinamikasi grafigi**

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FrXqMEI9v6oVRXDIrLwUa%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=aa485bf5-093a-47e5-a476-825e584b591f" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Dashboardda savdo natijalari **grafik ko‘rinishda** ham ko‘rsatiladi. Grafik orqali tanlangan davrda savdo ko‘rsatkichlari qanday o‘zgarganini kuzatish mumkin.

Grafikda ikkita davr solishtiriladi:

* **Joriy davr**
* **O‘tgan davr**

Grafikning o‘ng tomonida ko‘rsatkich turini tanlash mumkin. Foydalanuvchi quyidagilardan birini tanlab grafikni o‘zgartirishi mumkin:

* **Savdo summasi**
* **Yalpi daromad**
* **Chegirma summasi**

Shu orqali foydalanuvchi turli savdo ko‘rsatkichlarini vaqt bo‘yicha tahlil qilishi mumkin.

Savdo dashboardining pastki qismida savdo jarayonlarini yanada chuqurroq tahlil qilish uchun qo‘shimcha statistik ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2F9sVwfHWAizvz24c2CxvM%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=1a0eabd1-a02e-47ca-94ed-ce806df516ac" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Eng ko‘p sotilgan mahsulotlar**

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2F48ttgQDcdBLMxpw84jh3%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=c808ac80-8459-4cb7-98c8-2d1dc6836732" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Bu qismda tanlangan davr bo‘yicha **eng ko‘p sotilgan mahsulotlar** ro‘yxati ko‘rsatiladi. Har bir mahsulot uchun:

* mahsulot nomi
* necha marta sotilgani
* umumiy ulushi

aks etadi. Shuningdek, **Top** filtri orqali nechta mahsulot ko‘rsatilishini tanlash mumkin (masalan, Top 5).

**Eng ko‘p xarid qilgan mijozlar**

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FJyArpXDP2z6Fpga4cCiJ%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=10c10dd8-64d6-4ebc-81bd-116c9e34ebee" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Bu yerda tanlangan davr ichida **eng ko‘p xarid qilgan mijozlar** ro‘yxati ko‘rsatiladi. Har bir mijoz uchun uning amalga oshirgan **umumiy xarid summasi** aks etadi. Bu ma’lumot faol mijozlarni aniqlash va ular bilan ishlash strategiyasini belgilashga yordam beradi.

**To‘lov turlari bo‘yicha savdo ulushi**

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FpvFrGnHQKvotEThRTZ4d%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=92c80fb1-d4dd-49d4-9b10-1bd9f90b2ada" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Ushbu diagramma savdolarning **to‘lov usullari bo‘yicha taqsimotini** ko‘rsatadi. Diagrammada odatda quyidagi to‘lov turlari aks etadi:

* **Naqd**
* **Keshbek orqali**
* **Qarz**

Har bir to‘lov turining umumiy savdodagi ulushi foizlarda va summada ko‘rsatiladi.

**Eng ko‘p savdo qilgan xodimlar**

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FuOQzsOuwgecIYYW3ntrJ%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=3fd83351-15de-4589-95db-c756654db78d" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Bu qismda savdo hajmi bo‘yicha **eng faol xodimlar** ko‘rsatiladi. Jadvalda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

* xodim nomi
* savdo summasi
* sotuvlar soni
* umumiy savdodagi ulushi

Bu ma’lumotlar xodimlar samaradorligini baholash va savdo natijalarini tahlil qilishga yordam beradi.

</details>


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.bito.online/readme/savdo/savdolar.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
