# Qaytarish

<details>

<summary>Qaytarish sabablari</summary>

Savdo qaytarish jarayonida mahsulot nima sababdan qaytarilganini ko‘rsatish uchun **Qaytarish sabablari** ishlatiladi. Ushbu sabablar oldindan tizimda yaratiladi va qaytarish hujjatini rasmiylashtirish vaqtida tanlanadi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FeWv2i87fnL0zA9OEuQEW%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=63ecbd17-7042-459b-9ccd-0cc0be8681fa" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2Fu5yd8zAHVbIyPxxEFncB%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=d862ad33-fa5a-4d68-a1a8-20d1bf8850d7" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Foydalanuvchi **Savdo → Qaytarish sabablari** sahifasi orqali qaytarish sabablarini ko‘rishi, yangi sabab qo‘shishi yoki mavjudlarini tahrirlashi mumkin.

Yangi sabab yaratishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

**Nom** – qaytarish sababining nomi.\
**Kod** – sabab uchun identifikatsiya kodi (ixtiyoriy).\
**Qaytarish turi** – qaytarilgan mahsulotning holatini bildiradi.\
**Izoh** – sabab haqida qo‘shimcha ma’lumot kiritish uchun maydon.\
**Faolligi** – sabab faol yoki faol emasligini belgilaydi.

#### Qaytarish turi

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FONDJkbxTfpDurTn94qTC%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=9541407a-6d60-497a-ad23-72822919c83c" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Qaytarish turiga qarab mahsulot omborga qanday holatda qabul qilinishi belgilanadi.

**Yaroqli** tanlansa – qaytarilgan mahsulot **omborga yaroqli mahsulot sifatida** qabul qilinadi va keyinchalik qayta sotilishi mumkin.

**Yaroqsiz** tanlansa – qaytarilgan mahsulot **tanlangan omborga yaroqsiz mahsulot sifatida** qabul qilinadi. Bunday mahsulotlar odatda qayta sotilmaydi va alohida hisobda yuritiladi.

Shu orqali tizim qaytarilgan mahsulotlarning **yaroqli yoki yaroqsiz holatini avtomatik ravishda hisobga olib boradi**.

</details>

<details>

<summary>Yaratilgan savdolarni qaytarish </summary>

#### Savdoni qaytarish (savdo hujjati ichidan)

Savdoni qaytarish savdo hujjati ichidan **“Qaytarish”** tugmasini bosish orqali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu usulda qaytarish hujjati aynan tanlangan savdo asosida yaratiladi va savdo ma’lumotlari avtomatik tarzda qaytarish oynasiga o‘tadi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FUCi1udV7xwnXdPWjgZK5%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=2ad2b4c7-8f28-494d-a9ed-426dc8d45a5a" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FFGRcJ8ex3LoHu8wlLF4i%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=cd9b009d-e79d-423b-bbb7-126c3ca1ecd9" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Qaytarish jarayoni bir necha bosqichdan iborat.

**1. Asosiy ma’lumotlar**

Bu bosqichda qaytarish hujjatining asosiy ma’lumotlari ko‘rsatiladi va ayrimlari to‘ldiriladi.

**Savdo** – qaysi savdo hujjati bo‘yicha qaytarish amalga oshirilayotgani.\
**Mijoz** – savdo amalga oshirilgan mijoz.\
**Vaqt** – qaytarish amalga oshirilayotgan sana va vaqt.\
**Mas’ul shaxs** – qaytarish operatsiyasiga javobgar xodim.\
**Ombor** – qaytarilgan mahsulotlar qaysi omborga qabul qilinishini bildiradi.\
**Pul birligi** – qaytarish hisob-kitoblari qaysi valyutada amalga oshirilishini ko‘rsatadi.\
**Sabab** – qaytarish sababi tanlanadi. Bu maydon majburiy hisoblanadi. Sabablar oldindan **savdo qaytarish sabablari** bo‘limida yaratiladi.

Shuningdek, kerak bo‘lsa **fayl yuklash** va **eslatma** qo‘shish imkoniyati mavjud.

**2. Mahsulotlar**

Bu bo‘limda savdoda sotilgan mahsulotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.

Foydalanuvchi:

* qaytarilmaydigan mahsulotlarni ro‘yxatdan olib tashlashi mumkin
* qaytarilayotgan mahsulotlar uchun **miqdorni kiritadi**

Tizim ushbu ma’lumotlar asosida mahsulotlar bo‘yicha umumiy summani avtomatik hisoblaydi.

**3. Qo‘shimcha xarajatlar**

Agar qaytarish jarayonida qo‘shimcha xarajatlar mavjud bo‘lsa, ular ushbu bo‘limda kiritiladi. Bu xarajatlar qaytarish summasiga ta’sir qilishi mumkin.

**4. To‘lov**

To‘lov bo‘limida qaytarish bo‘yicha moliyaviy hisob-kitoblar ko‘rsatiladi.

Bu yerda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

**To‘lanishi kerak** – qaytarish bo‘yicha umumiy summa.\
**Ushlab qolinadigan chegirma** – qaytarishda ushlab qolinadigan chegirma miqdori.\
**Jami chegirma** – umumiy chegirma summasi.\
**Qaytariladigan keshbek** – mijozga qaytarilishi mumkin bo‘lgan keshbek.\
**Qarz** – agar mijozda qarz mavjud bo‘lsa.\
**Foydalanilgan keshbek** – savdo vaqtida ishlatilgan keshbek miqdori.\
**Ushlab qolinadigan soliq** – qaytarishda ushlab qolinadigan soliq miqdori.\
**Jami soliq** – umumiy soliq summasi.\
**Jami qo‘shimcha narx** – qo‘shimcha xarajatlar summasi.\
**Qaytarilsa bo‘ladigan** – mijozga qaytarilishi kerak bo‘lgan yakuniy summa.\
**To‘langan** – mijozga qaytarilgan summa.

Agar mijozga pul qaytarilishi kerak bo‘lsa, to‘lov bo‘limida **qaytarish usuli** tanlanadi va qaytariladigan summa kiritiladi. Ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng qaytarish hujjati saqlanadi.

#### Savdoni qaytarish (Savdo modulidan qaytarish yaratish)

Savdoni qaytarishning ikkinchi usuli — **Savdo modulidagi “Qaytarish” sahifasi orqali yangi qaytarish hujjati yaratish**.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FRVm4kLtIgcSlk48VPyud%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=0bef679c-6b59-4dc2-8441-defe2971e642" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FKu7itVFJLkEHjhKo4dGG%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=d7a68ad7-9fd5-4ee4-bd5c-71c2b4bd4067" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Bu oynada barcha amalga oshirilgan qaytarishlarni ko'rish mumkin.&#x20;

Foydalanuvchi chap menyudan **Savdo → Qaytarish** qismiga kirib, yangi qaytarish hujjatini yaratishi mumkin. Bu usulda ham qaytarish jarayonida **birinchi usuldagi kabi ayni bir xil forma va ma’lumotlar maydonlari** mavjud bo‘ladi. Ya’ni qaytarish hujjati quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

* **Asosiy ma’lumotlar**
* **Mahsulotlar**
* **Qo‘shimcha xarajatlar**
* **To‘lov**

Ushbu qismlarda kiritiladigan ma’lumotlar va ishlash tartibi savdo hujjati ichidan qaytarish yaratish jarayoni bilan bir xil bo‘ladi.

Bu usulda qaytarish ikki xil tarzda amalga oshirilishi mumkin.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2Fqno4VVfQxKlNPqeTXi4G%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=08c9d23b-b38b-4a67-bd6e-86e17d8b260d" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**1. Savdo asosida qaytarish**

Foydalanuvchi qaytarish oynasida **Savdo** maydonidan kerakli savdoni tanlaydi. Savdo tanlangandan so‘ng tizim avtomatik ravishda ushbu savdoga tegishli ma’lumotlarni olib keladi, jumladan:

* mijoz
* ombor
* mahsulotlar
* narxlar va summalar

Shundan so‘ng foydalanuvchi qaytarilayotgan mahsulotlar miqdorini kiritadi, qaytarish sababini tanlaydi va kerak bo‘lsa qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritadi.

**2. Savdoni tanlamasdan qaytarish**

Bu usulda foydalanuvchi **savdo hujjatini tanlamasdan** qaytarish hujjatini yaratishi mumkin. Bunda mahsulotlar **Mahsulotlar qismida qo‘lda kiritiladi**.

Foydalanuvchi omborda mavjud mahsulotlardan keraklisini tanlab, qaytarilayotgan miqdorni kiritadi. Ushbu jarayonda tizim mahsulotni **omborga qaytarilgan** deb hisoblaydi.

Bu usul odatda quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

* savdo hujjati tizimda mavjud bo‘lmaganda
* mahsulot boshqa sabab bilan omborga qaytarilganda
* inventar yoki texnik qaytarish holatlarida

Ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng qaytarish hujjati saqlanadi va mahsulotlar omborga qaytarilgan holda tizimda aks etadi.

</details>


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.bito.online/readme/savdo/qaytarish.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
