# Inventarizatsiya

<details open>

<summary>Inventarizatsiya</summary>

Inventarizatsiyalar bo‘limi orqali ombordagi mahsulotlar qoldig‘ini real holat bilan solishtirish va farqlarni aniqlash jarayoni amalga oshiriladi. Ushbu jarayon ombordagi mahsulotlar ustidan to‘liq nazoratni ta’minlaydi hamda hisobdagi xatoliklarni aniqlash imkonini beradi.

Foydalanuvchi **Ombor → Inventarizatsiyalar** bo‘limiga kiradi va **“Yaratish”** tugmasini bosadi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FTD1uHC1Njkih94EC4aU4%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=72e3a778-7bf2-4b66-85f4-5ea6b856a594" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FcrqbItD1lQSOnCQXc7s0%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=f51b1432-5994-4299-a54e-d14f5c447e32" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

#### **Asosiy ma’lumotlar**

Inventarizatsiya yaratishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FckmhQBTkBvB5jL35jH71%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=4edfe2e3-6b4b-40d8-ae9d-c6f92c81ccdf" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

* **Mas’ul shaxs** — inventarizatsiya uchun javobgar xodim
* **Ombor** — inventarizatsiya qilinadigan ombor
* **Boshlanish sanasi** — jarayon boshlanish vaqti
* **Tugash sanasi** — jarayon yakunlanish vaqti
* **Izoh** — qo‘shimcha ma’lumot (ixtiyoriy)
* **Fayl yuklash** — hujjat biriktirish (ixtiyoriy)

Qo‘shimcha sozlamalar:

* **To‘liq** — ombordagi barcha mahsulotlar avtomatik inventarizatsiyaga qo‘shiladi
* **Qisman** — faqat tanlangan mahsulotlar inventarizatsiyaga qo‘shiladi

“**Ombordagi miqdori bilan yaratish**” belgilanganda, tizim mahsulotlarni joriy qoldiq miqdori bilan birga shakllantirib beradi.

#### **Mahsulotlar**

Agar **Qisman** tanlansa, foydalanuvchi pastki oynada inventarizatsiya qilinadigan mahsulotlarni qo‘lda tanlaydi.

Agar **To‘liq** tanlansa, barcha mahsulotlar avtomatik ro‘yxatga qo‘shiladi.

Har bir mahsulot bo‘yicha:

**Ombordagi miqdor** — tizimdagi joriy qoldiq\
**Sanalgan miqdor** — real sanab kiritiladigan miqdor\
**Farq** — avtomatik hisoblanadi

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2Fbw1EtMigRR7MnHvQ4TPC%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=12812383-fe61-48ff-aa09-2bf1507e7497" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

#### **Jarayon**

Foydalanuvchi barcha ma’lumotlarni kiritgandan so‘ng:

**Saqlash** — inventarizatsiya hujjati yaratiladi va keyinchalik sanash uchun ochiladi

**Saqlash va sanash** — hujjat saqlanadi va foydalanuvchi darhol sanash oynasiga o‘tadi

Sanash jarayonida foydalanuvchi mahsulotlarning real miqdorini kiritadi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FbifaNY1H9GR4aVKTQJdG%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=5412abb5-b51d-4152-be0f-9a5a819c92d3" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

</details>


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.bito.online/readme/ombor/inventarizatsiya.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
