# Transaksiya turlari

<details open>

<summary>Transaksiya turlari yaratish </summary>

**Tranzaksiya turlari bo‘lim**i orqali tizimda barcha moliyaviy operatsiyalar uchun tur (kategoriya)lar yaratiladi va boshqariladi. Ushbu bo‘lim kirim va chiqim operatsiyalarini tartibga solish, ularni to‘g‘ri klassifikatsiya qilish hamda hisobotlarda aniq ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.

Foydalanuvchi ushbu bo‘limda mavjud tranzaksiya turlarini ko‘rishi, ularni faollashtirishi yoki yangi tur qo‘shishi mumkin.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FejC4kUfo2UJNDij21T9u%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=203e74a9-0483-4abd-8a5f-8810ac89cfe3" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

#### Tranzaksiya turlarini ko‘rish va filtrlash

Bo‘limda tranzaksiya turlari ikki asosiy yo‘nalishda ko‘rsatiladi:

* **Kirim** — tizimga pul kirimini ifodalovchi operatsiyalar
* **Chiqim** — tizimdan pul chiqimini ifodalovchi operatsiyalar

Foydalanuvchi **Kirim** yoki **Chiqim** tugmalaridan birini tanlaganda, faqat shu turga tegishli tranzaksiya turlari ro‘yxati chiqadi. Bu esa operatsiyalarni tez va aniq boshqarishga yordam beradi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FCA8uJ788LIANvXH5qUEP%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=7131d15d-29fa-4415-926f-30c23641e6db" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FimyDBKmMNLSaTW0WxQqc%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=ea31f1de-3a5f-48ce-9caf-dee5c8f320d7" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

#### Tranzaksiya turi yaratish

Yangi tranzaksiya turi **“Yaratish”** tugmasi orqali qo‘shiladi. Yaratish jarayonida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

* **Nomi** — tranzaksiya turining nomi (masalan: ijara, bonus, xizmat xarajati va boshqalar)
* **Yuqori tranzaksiya** — agar kerak bo‘lsa, ushbu tur boshqa turga bog‘lanadi (ierarxiya yaratish uchun)
* **Holati** — tranzaksiya turi aktiv yoki noaktiv ekanligi
* **Shaxs** — ushbu tranzaksiya kim bilan bog‘liq ekanligini belgilaydi, kimga bog'lansa ushani balansiga tasir qiladi:
  * yetkazib beruvchi
  * mijoz
  * xodim
  * 3-shaxs
  * boshqa
* **Turi (Kirim / Chiqim)** — tranzaksiya pul kirimi yoki chiqimiga tegishli ekanligi

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FLLfLX9mC9H6Y484i9z73%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=f078ea82-dc6d-4c8b-9a7b-ca935bc17257" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Har bir tranzaksiya turi aniq bir biznes jarayonni ifodalaydi. Masalan:

* **Savdo (mahsulot sotish)** → kirim
* **Ijara to‘lovi** → chiqim
* **Qarz olish** → kirim
* **Qarz berish** → chiqim

</details>


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.bito.online/readme/moliya/transaksiya-turlari.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
