# Kassa sessiyasi

<details open>

<summary>Kassa sessiyasi </summary>

Kassa sessiyasi bo‘limi orqali kassaning kunlik yoki ma’lum vaqt oralig‘idagi ish jarayonlari boshqariladi va nazorat qilinadi. Ushbu bo‘lim kassani ochish, yopish hamda sessiya davomida amalga oshirilgan barcha moliyaviy operatsiyalarni tahlil qilish imkonini beradi.

Kassa sessiyasini ko‘rish uchun foydalanuvchi chap menyudan **Moliya → Kassa sessiyasi** bo‘limiga kiradi.

Kassa sessiyasi bo‘limi kassirlar faoliyatini nazorat qilish, pul harakatlarini tahlil qilish va sessiya yakunida tafovutlarni aniqlash uchun xizmat qiladi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FfCyBUonYJ3dBxhYRzy7Q%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=ad8398bb-2014-4437-8baa-83fd480eff00" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

#### Umumiy ko‘rsatkichlar

Bu qismda tanlangan davr bo‘yicha sessiyalar holati umumiy ko‘rinishda aks etadi:

* **Jami** — barcha sessiyalar soni
* **Ochilgan** — hozirda faol (ochiq) sessiyalar soni
* **Yopilgan** — yakunlangan sessiyalar soni
* **Flaglangan** — muammo yoki tekshiruv talab qiluvchi sessiyalar
* **Umumiy farq** — barcha sessiyalar bo‘yicha aniqlangan tafovutlar yig‘indisi
* **Umumiy kirim** — sessiyalar davomida amalga oshirilgan jami tushum

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FlnWKxqRDFZ2Ud2xV76TE%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=6196a5a5-ab02-4790-aaec-b118d4a60681" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

#### Sessiyalar ro‘yxati

Bu qismda har bir sessiya alohida qatorda batafsil ko‘rsatiladi:

* **Sessiya ID** — sessiyaning unikal raqami
* **Ochilgan vaqti** — sessiya boshlangan vaqt
* **Yopilgan vaqti** — sessiya yakunlangan vaqt
* **Kassir** — sessiyani boshqargan xodim
* **Kassa** — qaysi kassaga tegishli ekanligi
* **Boshlang‘ich balans** — sessiya boshlanishidagi pul miqdori
* **Yopilish summasi** — sessiya yopilgandagi yakuniy summa
* **Jami farq** — boshlang‘ich va yakuniy summa o‘rtasidagi tafovut
* **Holati** — sessiya holati (ochiq, yopilgan va boshqalar)

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FJuePGKB8L9cFj0liqf9u%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=d47bac2c-da7c-411f-913c-de4150082cf4" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

#### Masalan:

Agar kassir kun boshida kassani 1 000 000 so‘m bilan ochsa va kun davomida savdolar amalga oshirilsa, sessiya yopilganda tizim yakuniy summani hisoblaydi. Agar real pul bilan tizimdagi summa o‘rtasida farq bo‘lsa, bu tafovut sifatida ko‘rsatiladi va tekshiruv o‘tkazish imkonini beradi.

</details>


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.bito.online/readme/moliya/kassa-sessiyasi.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
