# Tarkib

<details open>

<summary>Tarkib yaratish</summary>

**Tarkib bo‘limi** ishlab chiqariladigan mahsulot uchun kerakli barcha xomashyo, tayyor mahsulot va qo‘shimcha xarajatlarni yagona joyda boshqarish imkonini beradi. Bu orqali mahsulotning to‘liq retsepti shakllantiriladi va ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtiriladi. Ushbu bo‘lim ishlab chiqarishdagi tannarxni hisoblash, resurslarni nazorat qilish va jarayonni standartlashtirish uchun ishlatiladi.

Ishlab chiqarish → **Tarkib** bo‘limiga kiriladi va **“Yaratish”** tugmasi orqali yangi tarkib qo‘shiladi.

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FxdFFa9WaqZgHTNV2luRa%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=476ee948-016b-4495-b6b2-4f726f69e4c9" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Ushbu bo‘limda barcha tarkiblar jadval (table) ko‘rinishida aks etadi.

**Jadval ustunlari:**

* **Raqami** – tarkibning tartib raqami
* **Kodi** – tarkib uchun unikal kod
* **Nomi** – tarkib (retsept) nomi
* **Izoh** – qo‘shimcha ma’lumot
* **Faolligi** – aktiv yoki noaktiv holati
* **Guruh** – tarkib tegishli bo‘lgan kategoriya

Tarkib yaratishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

* **Kod** – ixtiyoriy identifikator
* **Nomi** – tarkib nomi (majburiy)
* **Yuqori guruh** – kategoriyaga biriktirish
* **Izoh** – qo‘shimcha tushuntirish
* **Holat** – aktiv / noaktiv
* **Tashkilot** – qaysi filiallarda ishlatilishi

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FG6EvqU9di3V8yqwTRpGi%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=39ba6924-99ec-4ad8-ae03-7599a8e1e874" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Tarkib ichida 3 ta asosiy bo‘lim mavjud:

#### **Xomashyo**

Bu yerda ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy mahsulotlar qo‘shiladi.

* **Mahsulot nomi** – xomashyo
* **O‘lchov birligi** – kg, litr va h.k.
* **Miqdori** – sarflanadigan miqdor
* **Alternativlar** – o‘rinbosar mahsulotlar

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FRtc898SHZ3LBjnf5QpGy%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=2d39ab9b-1a65-43f3-84a4-a6ca26585ec2" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

#### **Tayyor mahsulot**

Ishlab chiqarish natijasida olinadigan mahsulotlar belgilanadi.

* **Mahsulot nomi**
* **O‘lchov birligi**
* **Miqdori**
* **Foiz** – agar yoqilsa, ishlab chiqarish ulushi foizda hisoblanadi

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2F9oA6wtTr4LSsAatlbgk9%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=8bc45609-a863-4be1-a27f-d54ba712d369" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

#### **Qo‘shimcha xarajat**

Ishlab chiqarishga bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar kiritiladi.

* Elektr energiya
* Transport
* Ish haqi va boshqalar

Tizim ishlash jarayonida:

* Xomashyolar ombordan avtomatik kamayadi
* Tayyor mahsulot omborga qo‘shiladi
* Qo‘shimcha xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi

</details>


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.bito.online/readme/ishlab-chiqarish/tarkib.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
