# Bo'limlar

<details open>

<summary>Bo'limlar</summary>

**Bo‘limlar bo‘limi** kompaniya ichidagi strukturani shakllantirish va xodimlarni to‘g‘ri taqsimlash uchun xizmat qiladi. Ushbu bo‘lim orqali tashkilot ichidagi bo‘limlar (masalan: Savdo, Moliya, Logistika va h.k.) yaratiladi va ular o‘zaro ierarxik tarzda bog‘lanadi. Bu esa xodimlarni boshqarishni soddalashtiradi va tizimda tartibli struktura hosil qiladi.

**HR → Bo‘limlar** bo‘limiga kiriladi va **“Yaratish”** tugmasi orqali yangi bo‘lim qo‘shiladi

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FLv1Jv0KOARh6IF86Y3bV%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=28df4b10-5371-41dd-b296-b124606c2841" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2FozqpnKcrvOJ7aaxdMo16%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=84923df2-6ff0-4315-a4b7-a51c7eea30e7" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

shbu bo‘limda barcha bo‘limlar jadval (table) ko‘rinishida aks etadi.

**Jadval ustunlari:**

* **Nomi** – bo‘lim nomi
* **Yuqori bo‘lim** – ushbu bo‘lim qaysi asosiy bo‘limga tegishli ekanligi

<figure><img src="https://3025909895-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FGIIs6GJttPNWgYvsSJ2q%2Fuploads%2F5K1TEAkUE9Lei7qmwYB6%2Fimage.png?alt=media&#x26;token=654ae116-a331-475d-9135-da83e1235d51" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Yangi bo‘lim yaratishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

* **Nomi** – bo‘lim nomi (majburiy)
* **Yuqori bo‘lim** – agar bo‘lim boshqa bo‘lim tarkibiga kirsa, shu yerda tanlanadi

Shuningdek, bo‘lim yaratish oynasida mavjud xodimlarni ushbu bo‘limga biriktirish mumkin:

* Har bir xodim ro‘yxatdan belgilanadi
* **Boshliq (rahbar)** sifatida alohida xodim tanlanishi mumkin

Bu orqali:

* har bir bo‘limga xodimlar biriktiriladi
* bo‘lim ichida mas’ul shaxs (rahbar) belgilanadi

Bu bo‘lim orqali kompaniya ichidagi ierarxiya (structure) shakllanadi. Natijada:

* xodimlar qaysi bo‘limga tegishli ekanligi aniq bo‘ladi
* rollar va ruxsatlarni boshqarish osonlashadi
* katta tashkilotlarda boshqaruv tizimli holatga keladi

Agar yuqori bo‘lim tanlansa, tizim avtomatik ravishda bo‘limlar o‘rtasida bog‘lanish hosil qiladi (parent-child structure). Bu esa ko‘p darajali (multi-level) tashkilot strukturasini yaratish imkonini beradi.

</details>


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.bito.online/readme/hr/bolimlar.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
