# Savdo hisobotlari

<details>

<summary>Umumiy savdo</summary>

<figure><img src="/files/o1qpqEU46GQPKUn63jLS" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Umumiy savdo** sahifasi tanlangan filtrlar asosida savdo ko‘rsatkichlarini umumiy tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Sahifadagi barcha ma’lumotlar aktiv filterlarga bog‘liq holda avtomatik yangilanadi.

Yuqori qismda asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi:

* **Sotilgan** — tanlangan davr va filter bo‘yicha amalga oshirilgan umumiy savdo summasi.
* **Qaytarilgan** — qaytarilgan mahsulotlarning umumiy summasi.
* **Chegirma** — berilgan umumiy chegirmalar summasi.
* **Daromad** — sof tushum, bunda qaytarishlar hisobga olinadi.
* **Yalpi daromad** — sof foyda (tannarx ayirilgandan keyingi natija).

<figure><img src="/files/78j1XxBxFugQg5bpYQyL" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Grafik**

Ko‘rsatkichlar ostida grafik (diagramma) joylashgan bo‘lib, u yuqoridagi ma’lumotlarni vizual tarzda aks ettiradi. Diagramma turini foydalanuvchi o‘zgartirishi mumkin:

* Ustunli diagramma
* Chiziqli diagramma

<div><figure><img src="/files/YrNAlowAKIV3C0bNLoQ1" alt=""><figcaption></figcaption></figure> <figure><img src="/files/I5scvvkmVkIbj3KTFXQg" alt=""><figcaption></figcaption></figure></div>

**Sotuvlar ro'yxati**

Sahifaning pastki qismida esa barcha sotuvlar ro‘yxati jadval ko‘rinishida beriladi. Jadval ham aktiv filterlarga mos ravishda shakllanadi va batafsil tahlil qilish imkonini beradi.

Ushbu sahifa savdo hajmi, qaytarishlar, chegirmalar va foyda ko‘rsatkichlarini bir joyda ko‘rish hamda tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xizmat qiladi.

<figure><img src="/files/F89WD1ad1kkIEkYm7qAY" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

</details>

<details>

<summary>Mahsulotlar bo'yicha savdo</summary>

<figure><img src="/files/ok6cskaiGOI6U9VpyEUQ" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Mahsulotlar bo‘yicha savdo** sahifasi tanlangan filtrlar asosida mahsulot kesimida savdo ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Barcha ma’lumotlar aktiv filterlarga bog‘liq holda shakllanadi.&#x20;

\
**Yuqori qism**

Sahifaning chap tomonida **Top 5 ta mahsulot** bloki joylashgan bo‘lib, eng ko‘p savdo qilingan mahsulotlar va ularning savdo summasi ko‘rsatiladi. Bu blok mahsulotlar reytingini tezkor ko‘rish imkonini beradi.

O‘ng tomonda **Mahsulot sotish jadvali (diagramma)** joylashgan. Diagramma mahsulotlar bo‘yicha savdo dinamikasini vizual ko‘rsatadi. Ranglar orqali har bir mahsulot alohida ajratilgan. Diagramma filtrlangan sana yoki boshqa parametrlar asosida yangilanadi.

(Faqat sana tanlanganda ko'rinadi)

<figure><img src="/files/x86w2clq54a51bAL67Y5" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Asosiy jadval**

Sahifaning pastki qismida mahsulotlar bo‘yicha batafsil tahlil jadvali joylashgan. Ushbu jadval har bir mahsulot kesimida savdo va foyda ko‘rsatkichlarini aniq raqamlarda ko‘rish imkonini beradi.

<figure><img src="/files/Pq7HAy9XbrhO0XKch4uE" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

U mahsulot rentabelligini aniqlashga yordam beradi. Masalan:

* Qaysi mahsulot ko‘p sotilayotganini,
* Qaysi mahsulotdan foyda kam yoki zarar chiqayotganini,
* Qaytarishlar qaysi mahsulotlarda yuqori ekanini,
* Chegirma va tannarx foydaga qanday ta’sir qilayotganini aniqlash mumkin.

Jadvalning pastki qismida:

* **Jami** — tanlangan filtr bo‘yicha barcha mahsulotlar kesimida umumiy natijalarni ko‘rsatadi. Bu umumiy savdo va foyda holatini tezda baholash imkonini beradi.
* **Prognoz** — mavjud ma’lumotlar asosida hisoblangan taxminiy ko‘rsatkichlar. Bu kelgusidagi natijalarni oldindan baholash va rejalashtirish uchun xizmat qiladi.

</details>

<details>

<summary>Kategoriya bo'yicha savdo</summary>

<figure><img src="/files/Tvte49wQim1K03SXwYXl" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Kategoriya bo‘yicha savdo** hisobotida mahsulotlar kategoriyalar kesimida savdo natijalari ko‘rsatiladi. Ushbu hisobot orqali qaysi kategoriya ko‘proq sotilayotgani va qaysi kategoriya kam savdo qilayotganini tahlil qilish mumkin.

Hisobot jadvalida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

* **Nomi** — mahsulot kategoriyasi nomi
* **Sotilgan miqdor** — shu kategoriyadagi mahsulotlardan sotilgan umumiy son
* **Qaytarilgan miqdor** — qaytarilgan mahsulotlar soni
* **Savdo** — kategoriya bo‘yicha umumiy savdo summasi
* **Qaytarilgan** — qaytarilgan mahsulotlar summasi
* **Chegirma** — berilgan chegirmalar summasi
* **Kiritilgan soliq** — savdoga qo‘shilgan soliq miqdori

Agar jadvalda **“No Category”** ko‘rsatilsa, bu kategoriyaga biriktirilmagan barcha mahsulotlarning savdo ma’lumotlari shu qatorda jamlanganini anglatadi.

Jadval pastki qismida:

* **Jami** — tanlangan filtrlar bo‘yicha umumiy natijalar
* **Prognoz** — tizim tomonidan hisoblangan prognoz ko‘rsatkichlari

Ushbu hisobot biznesga qaysi mahsulot kategoriyalari asosiy daromad keltirayotganini aniqlashga yordam beradi.

<figure><img src="/files/X8V753e8ltCFSdvIcjY9" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

</details>

<details>

<summary>To'lov turi bo'yicha savdo</summary>

<figure><img src="/files/7U8UutRhW9TQIIprDRBP" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**To‘lov turi bo‘yicha hisobot** sahifasi savdolarni to‘lov usullari kesimida tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu sahifa orqali qaysi to‘lov turi orqali qancha savdo amalga oshirilgani, qaytarishlar va foyda ko‘rsatkichlari aniqlanadi.

Barcha ma’lumotlar tanlangan filtrlar asosida shakllanadi.

<figure><img src="/files/38NBSi1xyL03s1Xr7otw" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Hisobot nimani ko‘rsatadi?**

Ushbu sahifa quyidagilarni tahlil qilish imkonini beradi:

* Qaysi to‘lov turi ko‘proq ishlatilayotganini
* Naqd va terminal savdolari ulushini
* Online to‘lov tizimlari samaradorligini
* Qarzdorlik (qarz savdolari) hajmini
* Har bir to‘lov turi bo‘yicha foyda darajasini

</details>

<details>

<summary>Mahsulotlar savdosi</summary>

<figure><img src="/files/W2rPaOH5Kkti4dYrqU2B" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Mahsulotlar savdosi hisoboti** sahifasi har bir savdo operatsiyasini mahsulot kesimida batafsil ko‘rsatadi. Ushbu hisobot orqali qaysi mijoz qaysi mahsulotni, qachon, qancha miqdorda va qanday narxda sotib olgani aniq ko‘rinadi.

Bu qism savdoning rentabelligini tahlil qilish uchun muhim. Masalan:

* Qaysi savdo foydaliroq bo‘lganini
* Qaysi mahsulotdan kam foyda tushayotganini
* Chegirma va tannarx foydaga qanday ta’sir qilayotganini
* Muayyan vaqt oralig‘ida savdo faolligini aniqlash mumkin.

Jadvalning birinchi qismida quyidagi ustunlar mavjud:

* **Mijoz** — mahsulotni sotib olgan shaxs yoki tashkilot.
* **Mahsulot** — sotilgan mahsulot nomi.
* **Kategoriya** — mahsulot guruhi.
* **O‘lchov birligi** — mahsulotning sotilish birligi (kg, litr, dona va boshqalar).
* **Savdo raqami** — savdo hujjati raqami (ustiga bosib hujjatni ochish mumkin).
* **Holati** — savdo jarayonining statusi (Bajarildi va boshqalar).
* **Miqdori** — sotilgan mahsulot hajmi.
* **Narxi** — birlik narxi.
* **Chegirma** — savdoda qo‘llangan chegirma summasi.
* **Kiritilgan soliq / Qo‘shilgan soliq** — soliq ko‘rsatkichlari.
* **Jami narx** — sotilgan mahsulotning umumiy savdo summasi.
* **Umumiy tan narx** — sotilgan mahsulotlarning umumiy tannarxi.
* **Yalpi daromad** — ushbu savdodan olingan sof foyda.
* **Sotilgan vaqti** — savdo amalga oshirilgan sana va vaqt.

<figure><img src="/files/YQtrLN4trti5Ewmqyx4p" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

</details>

<details>

<summary>Mijozlar savdosi</summary>

<figure><img src="/files/O3AE05vERUlhSPeLqqjm" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Mijozlar savdosi** sahifasi tanlangan mijoz bo‘yicha amalga oshirilgan barcha savdolarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

Ushbu hisobotga kirilganda dastlab ma’lumot chiqmaydi. Hisobot faqat **mijoz tanlangandan keyin** shakllanadi. Tanlangan mijozning savdolari aktiv filter (sana, tashkilot va boshqa parametrlar) asosida ko‘rsatiladi.

<figure><img src="/files/JFL6o1XaoD5930B9dt9l" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Hisobotning vazifasi**

Ushbu sahifa quyidagilarni aniqlash imkonini beradi:

* Mijozning umumiy xarid hajmi
* Qaysi mahsulotlarni ko‘proq sotib olgani
* Qaysi davrda faol savdo qilgani
* Mijozga berilgan chegirmalar hajmi

Bu hisobot mijozlar bilan ishlashni tahlil qilish, sodiq mijozlarni aniqlash va individual savdo strategiyasini shakllantirish uchun muhim vosita hisoblanadi.

</details>

<details>

<summary>Sotuv mijozlar bo'yicha </summary>

<figure><img src="/files/IIUAzyjrfxLWAvT1SyFb" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Ushbu hisobotda barcha savdolar mijozlar kesimida ko‘rsatiladi. Ya’ni har bir savdo operatsiyasida qaysi mijoz xarid qilgani, savdo sanasi va to‘lov tafsilotlari ko‘rinadi. Bu hisobot orqali qaysi mijoz qachon va qanday usulda to‘lov qilganini tahlil qilish mumkin.

Jadvalda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

* **Mijoz** — savdoni amalga oshirgan mijoz nomi
* **Sana** — savdo amalga oshirilgan vaqt
* **Narx** — savdoning umumiy qiymati
* **Naqd** — naqd pul orqali to‘langan summa
* **Karta** — bank karta orqali to‘lov
* **Terminal** — POS terminal orqali to‘lov
* **Pul o‘tkazish** — bank o‘tkazmasi orqali to‘lov
* **Qarz** — qarzga yozilgan summa
* **Click** — Click orqali to‘lov
* **Balansdan** — mijoz balansidan to‘langan summa
* **Umumiy to‘lov** — jami to‘langan summa
* **Izoh** — savdo bo‘yicha qo‘shimcha izoh

<figure><img src="/files/5bLScdmc0ju5f1eRczBd" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Har bir savdo qatorining chap tomonidagi **ochish tugmasi bosilganda**, shu savdoda sotilgan mahsulotlar ro‘yxati ham ko‘rsatiladi. Unda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:

* **Nom** — mahsulot nomi
* **Miqdor** — sotilgan mahsulot soni
* **Narx** — mahsulotning bir dona narxi
* **Jami narx** — mahsulot bo‘yicha umumiy summa

Bu imkoniyat orqali har bir mijoz savdosida aynan qaysi mahsulotlar sotilganini batafsil ko‘rish mumkin.

<figure><img src="/files/JyOxZ5rHJgOpVOkIxLPA" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

</details>

<details>

<summary>Sotilmayotgan mahsulotlar hisoboti</summary>

<figure><img src="/files/3QiCKR8EGSAPUQU7oYLx" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Sotilmayotgan mahsulotlar hisoboti orqali tanlangan davrda kam sotilgan yoki sotilmagan mahsulotlarni ko‘rish mumkin. Hisobotda mahsulot nomi, kategoriyasi, o‘lchov birligi, sotilgan miqdor, savdo summasi va hozirgi ombordagi qoldiq ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar yordamida qaysi mahsulotlar sekin aylanayotganini aniqlash va ular bo‘yicha chegirma, aksiya yoki qayta buyurtma berish bo‘yicha qaror qabul qilish mumkin.

**Tovar nomi** — mahsulotning nomi.\
**Kategoriya** — mahsulot qaysi kategoriya yoki turga tegishli ekanligini ko‘rsatadi.\
**O‘lchov birligi** — mahsulot qanday birlikda hisoblanishini bildiradi (masalan: dona, kg, litr).\
**Miqdor** — tanlangan davrda sotilgan mahsulot miqdori.\
**Summa** — ushbu mahsulot savdosidan olingan umumiy savdo summasi.\
**Hozirgi tovar qoldig‘i** — mahsulotning hozirda omborda qolgan miqdori.

Jadval pastki qismida esa **Jami** qatori bo‘lib, tanlangan filter bo‘yicha barcha mahsulotlarning umumiy miqdori va umumiy savdo summasi ko‘rsatiladi.

<figure><img src="/files/kD1rAzLlczT6W6frcckO" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

</details>

<details>

<summary>Vositachi hisoboti</summary>

<figure><img src="/files/lnAcEe5eXnxkDvgjPVcb" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Vositachilar hisoboti** orqali savdo jarayonida ishtirok etgan vositachilar (sotuvchilar yoki agentlar) faoliyatini tahlil qilish mumkin. Hisobotda har bir vositachining amalga oshirgan savdolari, qaytarilgan savdolar, chegirmalar va daromadlari haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bu ma’lumotlar yordamida qaysi vositachi ko‘proq savdo qilayotganini, ularning samaradorligini va umumiy savdo natijalarini baholash mumkin.

**Vositachi** — savda qatnashdan vositachini nomi.\
**Savdo** — vositachi orqali amalga oshirilgan umumiy savdo summasi.\
**Qaytarilgan** — qaytarilgan mahsulotlar summasi.\
**Chegirma** — savdo vaqtida berilgan umumiy chegirmalar summasi.\
**Daromad** — qaytarish va chegirmalar hisobga olingan holdagi yakuniy daromad.\
**Sotilganlar** — amalga oshirilgan savdo operatsiyalari soni.\
**Sotilgan miqdor** — sotilgan mahsulotlarning umumiy miqdori.\
**Qaytarilgan miqdor** — qaytarilgan mahsulotlar soni.\
**O‘rtacha kunlik savdo** — vositachining kuniga o‘rtacha amalga oshirgan savdo summasi.\
**Yangi mijozlar soni** — ushbu vositachi orqali tizimga qo‘shilgan yangi mijozlar soni.\
**Yalpi daromad** — vositachi orqali olingan umumiy daromad ko‘rsatkichi.

<figure><img src="/files/eTuW33L9O9IOOH3W8x6R" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

</details>

<details>

<summary>Mijozlar to'lovlari </summary>

<figure><img src="/files/C43Cvdbt5hlOUeoYPnXr" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

**Mijozlar to‘lovlari** hisobotida mijozlar bilan bog‘liq barcha to‘lovlar va shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu hisobot orqali qarzga sotilgan mahsulotlar bo‘yicha to‘lovlarni kuzatish, mijozlarning qarzdorligi va amalga oshirilgan to‘lovlarni monitoring qilish mumkin.

Hisobot yuqori qismida quyidagi ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi:

* **Umumiy shartnomalar** — tizimda mavjud barcha shartnomalar soni va ularning umumiy summasi
* **Dastlabki to‘lovlar** — shartnoma tuzilganda amalga oshirilgan boshlang‘ich to‘lovlar
* **Kechikayotgan to‘lovlar** — to‘lov muddati o‘tib ketgan, lekin hali to‘lanmagan qarzlar
* **To‘lovlar** — mijozlar tomonidan amalga oshirilgan barcha to‘lovlar summasi
* **Kutilayotgan to‘lovlar** — to‘lov muddati hali kelmagan, lekin kelajakda to‘lanishi kerak bo‘lgan summalar
* **Tugatilgan shartnomalar** — to‘liq to‘langan va yopilgan shartnomalar

<figure><img src="/files/FMRVGXNj9lbebDPw1UhM" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Pastki jadval qismida har bir shartnoma bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

* **Raqami** — shartnoma yoki savdo raqami
* **Mijoz** — to‘lovni amalga oshirayotgan mijoz
* **To‘lanishi kerak** — jami to‘lanishi kerak bo‘lgan summa
* **To‘langan** — hozirgacha to‘langan summa
* **Boshlang‘ich to‘lov** — dastlab amalga oshirilgan to‘lov
* **Mas’ul shaxs** — savdo yoki shartnoma uchun javobgar xodim
* **Sana** — shartnoma yoki savdo sanasi

Ushbu hisobot nafaqat qarzga sotilgan mahsulotlarni, balki barcha mijozlar to‘lovlarini boshqarish imkonini beradi. Agar savdo qarzga bo‘lmasa ham, u savdo **shartnoma**, **dastlabki to‘lov**, **to‘lovlar** va **tugatilgan shartnomalar** bo‘limlarida aks etadi. Bu orqali barcha mijoz to‘lovlarini yagona joyda nazorat qilish mumkin.

</details>


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.bito.online/readme/hisobotlar/savdo-hisobotlari.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
