Asosiy interfeys
Ushbu bo‘limda Bito tizimining asosiy interfeysi, ishlash tartibi tushuntiriladi. Interfeys foydalanuvchiga modullar o‘rtasida tez va qulay harakatlanish imkonini beradi.
Yuqori panel (Header)
Filial tanlash Bir nechta filial bilan ishlaydigan kompaniyalar uchun mo‘ljallangan. Tanlangan filial asosida barcha ma’lumotlar filtrlanadi.

Global qidiruv (Ctrl + K) Tizim ichida tezkor hujjat, mijoz yoki mahsulotni topish uchun ishlatiladi.

Tezkor amal (+) Yangi hujjat yaratishni tezlashtirish uchun ishlatiladi (masalan: savdo, kirim, chiqim).


Bildirishnomalar Tizim ogohlantirishlari va muhim xabarlarni ko‘rsatadi va bildirishnomalar oynasi ochilganda uni sozlash ham mumkin bo'ladi.

Til tanlash Interfeys tilini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.


Yangiliklar blogi Bitodagi yangiliklar blogiga o'tish uchun ishlatiladi


Vidoe qo'llanmalar Bitoni ishlatish bo'yicha qo'llanmalarni ochish uchun shu tugmaga bosiladi



Yon menyu (Navigatsiya paneli)
Yon menyu tizim modullari o‘rtasida harakatlanish uchun ishlatiladi.
Har bir modul ma’lum biznes jarayonini boshqaradi:
Hisobotlar – analitik va statistik ma’lumotlarni ko‘rish
Savdo – savdo hujjatlari va operatsiyalar
CRM – mijozlar bilan ishlash
Ta’minot – xarid va yetkazib berish
Ombor – mahsulot harakati
Moliya – pul oqimi va hisob-kitoblar
Ishlab chiqarish – ishlab chiqarish jarayoni
Sozlamalar – tizim konfiguratsiyasi
Maqsad: biznes jarayonlarini modul bo‘yicha ajratib boshqarish


Har bir modulning o'ziga tegishli bo'lgan sub modullari ham bo'ladi yani usha modulni ichiga kiradigan amallar misol uchun:
Sotuvlar - yangi sotuv yaratish va barcha sotuvlarni ko'rib turish uchun bo'lim
Etiketka - Etiketkalarni chop etish uchun bo'lim
Qayratish - sotilgan mahsulotlarni qaytarish va qaytarilgan mahsulotlarni ko'rish uchun bo'lib
Bo'lib to'lash - muddatli to'lovlarni nazorat qilish uchun bo'lim
Plan qo'yish - sotuvga plan qo'yish va uni kuzatish uchun bo'lim
Sotuv Dashboardi - umumiy sotuvga tegishli dashboard
Mijoz to'lovlari - qarzdor mijozlarni to'lovlarini boshqarish monitoring qilish uchun bo'lim

Filterlash
Bitoda filterlash funksiyasi kerakli ma’lumotlarni tez va aniq topishga yordam beradi. Har bir jadval (table) sahifasida filter mavjud bo‘lib, foydalanuvchi ma’lumotlarni sana, holat, mas’ul shaxs, ombor, mijoz va boshqa ustunlar bo‘yicha saralashi mumkin.
Bitoda 3 xil ko‘rinishdagi filter mavjud:
Inline
Statik
Yig'iladigan
Inline filter

Statik filter

Yig'iladigan filter

Filter ko‘rinishini sozlash
Foydalanuvchi barcha sahifalardagi filter ko‘rinishini bir xil qilish imkoniyatiga ega:
Sozlamalar → Foydalanuvchi sozlamalari → Filter → Tanlash
Bu yerda foydalanuvchi o‘ziga qulay filter turini (inline, statik yoki yoyiladigan) tanlab, tizim bo‘ylab standart ko‘rinish sifatida o‘rnatishi mumkin.


Individual sahifa uchun filter tanlash
Agar foydalanuvchi barcha sahifalar uchun umumiy ko‘rinishni o‘zgartirmoqchi bo‘lmasa, u ma’lum bir sahifada o‘ziga qulay filter turini alohida tanlab ishlatishi mumkin.



Last updated




